SO’ZLARDA KONNOTATIV HAMDA DENOTATIV MA’NOLARNING AKS ETISHI
Keywords:
denotativ ma’no, konnotativ ma’no, semantika, tilshunoslik, konnotatsiya, denotatsiya, hissiy konnotatsiya, madaniy konnotatsiya, adabiy konnotatsiya, so‘z ma’nosi, pragmatika.Abstract
Ushbu maqolada tilshunoslikda so‘z ma’nosining ikki asosiy turi - denotativ (asosiy, atash) va konnotativ (qo‘shimcha, emotsional, uslubiy) ma’nolar o‘rganiladi. Muallif til taraqqiyoti va jamiyat rivoji natijasida so‘zlarning lug‘aviy boyishi, ayniqsa konnotativ ma’nolarning shakllanishi va ularning lingvistik ahamiyati haqida fikr yuritadi. Maqolada konnotativ ma’no tushunchasining ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinishi, uning shaxsiy va umumiy turlari, shuningdek, hissiy, madaniy va adabiy konnotatsiyalarning namoyon bo‘lish shakllari yoritilgan. Denotativ ma’no esa so‘zning asosiy, aniq va doimiy ma’nosi sifatida tavsiflanadi. Muallif konnotativ ma’noning til birliklarining semantik va pragmatik imkoniyatlarini kengaytirishi, jamiyat va shaxs tajribasi asosida shakllanishi, yozuvchilar va o‘quvchilar uchun muhim kommunikativ vosita ekanini ta’kidlaydi. Maqolada konnotatsiya va denotatsiyaning farqlari, ularning til va nutqdagi o‘rni, hamda zamonaviy tilshunoslikdagi dolzarb tadqiqot yo‘nalishlari tahlil qilinadi.
Downloads
References
Akramov, I. (2021). Linguistic Culture Expressing Happiness and Contentment in The English And Uzbek. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. Uz), 1(1).
Akramov, I. I. (2022). The special characteristics of the aphorisms. In International journal of conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 2, No. 1).
Akramov, I. (2021). Linguistic Culture Expressing Happiness and Contentment in The English And Uzbek. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. Uz), 1(1).
Akramov, I. (2021). WHAT IS THE IMPORTANCE OF USING APHORISM IN OUR SPEECH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 8(8).