ALISHER NAVOIYNING “LAYLI VA MANJUN” DOSTINI SYUJETI TAHLILI
Keywords:
Majnun obrazi, Layli obrazi, Qays ibn Mulavvah, Qays ibn Muod, tarixiy haqiqat va badiiy haqiqat, genesis, salaflar.Abstract
Layli va Majnun” ko‘p asrlik tarixga ega. Uning ildizlari, mashhur adabiyotshunos-matnshunos akademik I.Krachkovskiy ta’kidlaganidek, VII asrning ikkinchi yarmiga borib taqaladi. Ayrim arab manbalarining ma’lumotiga ko‘ra, Majnun tarixiy shaxs. U Bani Omar qabilasidan chiqqan, uning asl nomi Qays ibn Mulavvah (yoki Qays ibn Muod ) bo‘lgan. U qabiladoshi Laylini sevgan va o‘z sevgisi, hijron azoblari haqida mungli she’rlar bitgan. Bunday ma’lumot ibn Qutaybaning "Kitobutshe’r va shuaro" asarida ham keltiriladi. Shu bilan birga, boshqa manbalar bu ma’lumotlarni rad etadi. Jumladan, arab olimi Avon ibn Hakim al-Qalbiy (764 yilda vafot etgan), arab tarixchisi Hishom al-Qalbiy (819 yilda vafot etgan)lar Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi majoziy, sevgi, hijron she’rlari esa umaviy xonadoniga mansub bir oshiq yigit tomonidan bitilgan va asl nomini oshkor etmaslik uchun Majnun taxallusini qo‘llagan, deyishadi. Shu tariqa VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab arab poeziyasida Majnun taxallusli mungli she’rlar ko‘payib, keng tarqalib boradi. Vaqtlar o‘tishi bilan ko‘plab afsonalar, rivoyatlar to‘qiladi va ular turli manbalardan joy ola boradi.
Downloads
References
Navoiy A. Layli va Majnun. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotmatbaa ijodiy uyi, 2006.
Передисловие Е.Дунаевского к поэме Незами Гянжеви: Лейла и Меджнун, перевод А. Глоби, М., 1935.
Насир Хусрау. Сафар-наме. Книга путешествия. Перевод и вступительная статья Е.Э.Бертелыса, Мос-Лен., 1933.
Игнатий Юлианович Крачковский. Избранные сочинения. Том II. МосЛен: Aкадемии наук СССР, 1956.