GLOBALLASHUV JARAYONINING YOSHLAR MA’NAVIYATIDA NAMOYON BO’LISH XUSUSIYATLARI
Keywords:
globallashuv, aksilglobalizm, shovinizm, diniy ekstremizm, milliy ideal, shaxs ma'naviyati.Abstract
Globallashuv va aksilglobalizm tushunchalarining mohiyati. Globallashuv atamasining lug’aviy ma’nosi voqea-hodisalarning dunyo miqyosi darajasiga ko’tarilishini anglatadi. Afsonaviy Nuh to’foni, jahon urushlari yoki zamonaviy kompyuterlashuv, xalqaro terrorizm globallashuvning yorqin na’munalaridir. Garchi g’ayri tabiiy bo’lsa-da, kommunizm g’oyasi ham global xom hayol edi. Globallashuvning tariflari ko’p. Ularni umumlashtirib, globallashuv uzuksiz davom etadigan tarixiy, umumiylashish, milliy hududlarni tan olmaydigan jarayondir deb, tariflash mumkin. Tabiiyki, globallashuv jarayonining tarafdorlari kabi, unga qarshi g’oyalarni qo’llab-quvvatlovchilar ham bor. Ular aksilglobalistlar, g’oyalari esa aksilglobalizmdir. Aksilglobalistlar globallashuvni yangi jahon urushi sifatida talqin etib, unga qarshi chiqadilar, buning uchun ma’lum bir sabablar, masalan, xalqaro terrorizmni ko’rsatadilar. Globallashuvning salbiy tomonlari ham bor. Biroq u to’xtatib bo’lmaydigan jarayondir. Hozirda globalistlar ham, aksilglobalistlar ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohalariga qaratib, globallashuv jarayonlariga mafkura, ma’naviyatning tasiri masalalarigi deyarli e’tibor berishmayapti. Aslida globallashuv insoniyatni halokatga olib keladimi yoki farovon hayotgami – bunda mafkura va ma’naviyat asosiy rol o’ynaydi.
Downloads
References
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: «O’zbekiston», 1998.
Инсон бахт учун туғулади." Ўзбекистон Президенти И.А.Каримовнинг ҳикматли сўзларидан. -Т.: «Шарқ» нашриёт – матбаа концернининг бош таҳририяти, 1998
Jumaniyozov X.S. Nigmanova U.B. Globallashuv asoslari. O’quv qo’llanma. T.- 2020.
“Globallashuv sharoitida vatanparvarlik tarbiyasining ma’naviy-ma’rifiy texnologiyalari” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar to’plami. O’zbekiston respublikasi qurolli kuchlari akademiyasi. Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi. Toshkent - 2019
Jumaniyozov X.S., Rasulova A.M. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. O’quv qo’llanma. T.:- 2019.
Qahhorova SH. Global ma’naviyat – globallashuvning g’oyaviy asosi. – T.: Tafakkur nashriyoti, 2009 yil.