ISLOM HUQUQIDA OLDI-SOTDI SHARTNOMALARI TUZISHDA TOMONLAR ROZILIGINI BELGILASH MEXANIZMLARI
Keywords:
Tomonlar roziligi, tijorat huquqi, kelishuv mexanizmlari, tijorat odobi, kelishuvning haqiqiyligi, rozilikni tasdiqlash.Abstract
Ushbu maqolada Islom huquqi doirasida oldi-sotdi shartnomalarini tuzishda tomonlar roziligini belgilash mexanizmlari yoritib beriladi. Islom huquqida tijorat munosabatlarini tartibga solishda adolat va shaffoflik tamoyillari asosiy ahamiyatga ega bo‘lib, shartnoma tuzishda tomonlarning roziligi hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.
Mazkur maqolada tomonlar roziligini shakllantirishda “ijob” va “qabul” (taklif va uning qabul qilinishi) jarayonining ahamiyati, shuningdek, ulamolar tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar va ularning zamonaviy shartnoma huquqiga ta'siri ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, aldov, bosim yoki majburlash holatlari tufayli kelishuvning haqiqiyligini belgilash mezonlari ham tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalari Islom huquqida oldi-sotdi munosabatlarini o‘zaro manfaatdorlik va shariat tamoyillariga muvofiq amalga oshirish mexanizmlarini yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Shuningdek, zamonaviy yuridik amaliyotda Islomiy shartnomaviy normalarni qo‘llash imkoniyatlari ham muhokama qilinadi.
Downloads
References
Abu Dovud, Sunan, Kitob al-Buyu (Savdo bo‘limi), 3451-hadis.
Islom moliyasining huquqiy asoslari [Matn]: o‘quv qo‘llanma / Baxshillo Xodjayev, Husain Radjapov. – T.: “LESSON PRES”MChJ nashriyoti,2023.– 272 b.
https://lex.uz/docs/-111189 Fuqarolik kodeksi.