MOVAROUNNAHRLIK HANAFIY OLIMLARINING MANSABLIK LAVOZIMLARIGA TAYINLANISHI
Keywords:
Fatvo, qozilik, Abu Mansur Muhammad Moturidiy, Samarqand, Buxoro, Movarounnahr.Abstract
Ushbu maqolada Movarounnahrahr hududidagi hanafiy olimlarning qozilik, fatvo berish va xutba qilish kabi mansablariga tayinlanishlarini tahlil qiladi. Maqolada, Hanafi huquqshunoslari va ulamolarining qozilik lavozimida o'zlarining rolini va ta'sirini ko'rsatish, shuningdek, ularning ilmiy va diniy faoliyatlari orqali ijtimoiy va siyosiy hayotda qanday muhim o'rin egallaganlarini ko'rib chiqiladi.
Maqola, Abu al-Qosim Ishoq ibn Muhammad ibn Ismoil Ibrohim ibn Zayd Hakim Samarqandiy, Abu Nasr Ahmad ibn Abd al-Malik ibn Muso ibn al-Muzaffar al-Qozi al-Astraushniy, Abu al-Yusr Muhammad ibn Muhammad ibn Al-Husayn ibn Abdulkarim ibn Muso ibn Mujohid an-Nasafiy kabi tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatini tahlil qiladi. Shuningdek, fatvo berish va xutba qilish mansablarida faoliyat yuritgan hanafiy olimlar, masalan, Muhammad ibn Abu Bakr, Abu Nasr Ahmad ibn Abdulloh ibn Fazl Xiyzaxoziy, va Abul Maoliy Mas’ud ibn Hasan ibn Husayn Koshoniylarning yutuqlari va ta'siri haqida ma’lumot beradi.
Maqolada, hanafiy olimlarning o‘z davrida yuqori maqomga erishganligi, davlat ishlarida muhim rol o'ynaganligi va xalq oldida o'z ta'sirlarini qanday ko'rsatganligi haqida batafsil tushuntiriladi. Ularning ilmiy va diniy ishlar orqali Movarounnahrahr va boshqa hududlarda yuqori maqomga erishganligi, shuningdek, ular davlat va xalq o'rtasidagi vositachilar sifatida qanday xizmat ko‘rsatganliklari ko'rsatilgan. Maqola, hanafiy olimlarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi o'rnini yoritish orqali ularning tarixiy ahamiyatini ochib beradi.
Downloads
References
Муҳаммад ибн Абду ал-Ҳайй Лакнаwий. Ал-Фавўид ал-Баҳияҳ фи Тарожим ал-Ҳанафийя. Муҳаммад Бадриддин ан-Наъсоний томонидан тузатилган. Дор ал-Кутуб ал-Исламий, 1324-ҳижрий йил.
Абу Ҳафс Умар Насафий. ал-Қанд фи зикри улама ас-Самарқанд. – Теҳрон: Юсуф ал-Ҳодий нашри, Мирас Мактуб Нашриёти, 1999.
Абу Ҳафс Умар Насафий. Фатаво Шайх ал-Ислам Абул-Ҳасан Ато ибн Ҳамза ас-Суғдий. – Амман: Муҳаммад Ёсир Шоҳийн нашри, Дор ар-Риёҳин, 2020.
Абу Бакр Абдуллоҳ ибн Умар Балкҳий. Фазоили Балх. Форсий таржима: Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Муҳаммад ал-Ҳусайний ал-Балхий томонидан, Абдул Ҳайй Ҳабибий томонидан тузатилган. – Теҳрон: Интишорот Бонияд Фарҳанг-э-Иран. 1350-ҳижрий йил.
Абу Бакр Муҳаммад Сарахси. Шарҳ ас-Сияр ал-Кабир. – Байрут: Муҳаммад Ҳасан аш-Шафиъий нашри, Дор ал-Кутуб ал-Илмийяҳ, 1997.
Абу ал-Ҳасан Али Насир ибн Али ал-Ҳусайний Ҳусайний. Акҳбар ад Даwла ас-Салжуқийя / Муҳаммад Иқбол томонидан тузатилган. – Лоҳор: 1933.