O‘ZBEKISTONDA KAMBAG‘ALLIKNI KAMAYTIRISHDA XITOY TAJRIBASIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
XKP, BMT, ShHT, Shavkat Mirziyoyev, Si Szinpin, Markaziy Osiyo, kambag‘allik.Abstract
Ushbu maqolada Xitoy-Markaziy Osiyo munosabatlarining asosiy ishtirokchisi bo‘lgan O‘zbekistonda Xitoyning kambag‘allikni bartaraf etish strategiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalanish istiqbollari o‘rganiladi. Ta’kidlash lozimki, Xitoy maxsus institutlar, moliyalashtirish va innovatsion mexanizmlar orqali kambag‘allikka qarshi faol kurash olib bordi. Ma’lumki, O‘zbekiston Xitoy tajribasidan foydalangan holda, 2030-yilga borib kambag‘allikni 7 foizga qisqartirish bo‘yicha qo‘shma tadqiqot loyihasini moliyalashtirdi. Ikki hamkor davlat 2023-yilda O‘zbekistonning “Yangi taraqqiyot strategiyasi”ga muvofiq iqtisodiy barqarorlikni o‘rnatish va kambag‘allikni bartaraf etish bo‘yicha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan strategik hamkorlikni rivojlantirish dasturini qabul qildi. Maqolada Xitoyning kambag‘allikni qisqartirishdagi muvaffaqiyatli tajribalardan faol foydalangan holda O‘zbekistonda ushbu muammoni bartaraf etishdagi sa’y-harakatlar bayon etilgan.
Downloads
References
Umida H., Uzbekistan Teams Up with China on Poverty Reduction. (2020). https://thediplomat.com/2020/10/uzbekistan-teams-up-with-china-on-poverty-reduction/
Temur U., Intersecting Policies: Exploring the Domestic Foundations of Uzbekistan’s Changing Stance on China. OSCE Academy in Bishkek, pp. 30-31, (2023).
China briefing team, “China-Uzbekistan: Bilateral Trade and Future Outlook,” China Briefing post, (2021) https://www.china-briefing.com/news/china-uzbekistan-bilateral-trade-and-future-outlook/
President.uz, “O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi,” (29-sentabr, 2023) https://president.uz/oz/lists/view/6679
Daryo.uz, O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirishda Xitoy tajribasidan foydalanadi. https://daryo.uz/2023/06/13/ozbekiston-kambagallikni-qisqartirishda-xitoy-tajribasidan-foydalanadi
Lex.uz, “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son, https://lex.uz/uz/docs/-5841063