O‘ZBEK VA NEMIS XALQ ERTAKLARIDAGI ZOONIMLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada zoonimlar — hayvon, qush, hasharot va boshqa tirik mavjudotlarning nomlari — xalq og‘zaki ijodidagi o‘rni, semantik xususiyatlari va madaniy konnotatsiyasi qiyosiy tahlil asosida yoritilgan. Asosan o‘zbek va nemis xalq ertaklaridagi zoonimlar misolida hayvon obrazlarining lingvokulturologik, estetik, semantik va psixologik funksiyalari tahlil qilinadi. Zoonimlar xalq tafakkuri, madaniyati, axloqiy qadriyatlari va diniy e’tiqodlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ular orqali insoniyatning tabiat, jamiyat va o‘z-o‘ziga munosabati ifodalanadi.
Maqolada o‘zbek xalq ertaklarida zoonimlar asosan axloqiy, didaktik ma’noga ega bo‘lib, bolalar tarbiyasiga xizmat qilishi; nemis ertaklarida esa ular inson psixologiyasi, ichki kechinmalarini ifodalovchi ramzlar sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatilgan. Grimm birodarlar to‘plagan nemis ertaklari orqali hayvon obrazlarining madaniy kodga aylangani, diniy-mifologik ildizlarga ega ekanligi isbotlab beriladi.
Downloads
References
Гримм Якоб. Германская мифология. Т. III / Пер., коммент. Д.С. Колчигина. Под ред. Ф.Б. Успенского. – 2-е изд., доп. – М.: Издательский Дом ЯСК, 2019. – 792 с. – (Studiaphilologica) ISBN 978-5-907117-32-7 (т. III).
Асотирлар ва ривоятлар. 1-китоб. Тўплаб, нашрга тайёрловчилар: М.Муродов, М. Шайхова. – Тошкент: Ёш гвардия, 1990. – Б.30.
Раҳмонова М. Шоирлар ҳақидаги афсоналар // Ўзбек афсоналари бадиияти. – Т.: Фан, 2009. – Б.80-81.
Axmedova, N. A. (2016). Zoonimlarning leksik-semantik xususiyatlari (o‘zbek tilida). Toshkent: Fan nashriyoti.
Xolmatova, M. (2020). O‘zbek xalq ertaklarida hayvon obrazlarining badiiy talqini. – O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, №3, 45–50-betlar.
To‘xtaeva, D. (2021). O‘zbek tilida zoonimik birliklarning semantik-kognitiv xususiyatlari. – Filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi. Toshkent.
Grimm, J. & Grimm, W. (1857/2003). Grimm’s Fairy Tales (Kinder- und Hausmärchen). Trans. by Margaret Hunt. New York: Pantheon.
Köhler, L. (2001). Animal Symbols in German Folktales: Cultural and Psychological Dimensions. – Folklore Studies Journal, Vol. 45, pp. 132–147.
Hahn, H. (2010). Tiere als Symbole: Eine kulturgeschichtliche Studie. München: C. H. Beck.