BIOLOGIK OKSIDLANISH JARAYONLARI VA ULARNING ORGANIZM HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Authors

  • Nazarova Yorqinoy Xalpajonovna FJSTI,Tibbiy va biologik kimyo” kafedrasi assistenti Author
  • Muxtorova Muattarxon Alijon qizi Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Pediatriya yo’nalishi 5224-guruh talabasi Author

Keywords:

biologik oksidlanish, energiya valyutasi, glikoliz, Krebs sikli, neyrodegenerativ kasallik.

Abstract

Biologik oksidlanish — tirik organizmlarda kechadigan eng muhim biokimyoviy jarayonlardan biridir. Bu jarayon davomida organik moddalar — uglevodlar, yog‘lar va oqsillar — oksidlanib, hujayra faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiya ajratib chiqariladi. Energiya asosan adenozin trifosfat (ATF) shaklida to‘planadi va hujayra ichida “energiya valyutasi” sifatida xizmat qiladi. Biologik oksidlanish mitoxondriyalarda sodir bo’lib, glikoliz, Krebs sikli va elektron tashuvchi zanjir kabi bosqichlar orqali amalga oshadi. Ushbu maqolada biologik oksidlanish jarayonlari va organizm hayotidagi roli yoritilgan Organizm hayotida biologik oksidlanishning o‘rni beqiyosdir. Bu jarayon mushaklarning qisqarishi, nerv impulslarining uzatilishi, modda almashinuvi, hujayralarning o‘sishi va tiklanishi kabi hayotiy funksiyalarni energiya bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, biologik oksidlanish jarayoni toksinlarni zararsizlantirish va hujayra gomeostazini saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi.Biroq biologik oksidlanishning buzilishi yoki ortiqcha erkin radikallarning hosil bo‘lishi oksidlovchi stressga olib keladi. Tadqiqot tekshiruvlari shuni ko’rsatadiki,biologik oksidlanishning buzilishi organizmda yurak-qon tomir, endokrin va neyrodegenerativ kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois organizmda oksidlanish va antioksidant himoya tizimlari o‘rtasidagi muvozanat sog‘lom hayotni ta’minlash uchun muhimdir.Shunday qilib, biologik oksidlanish — nafaqat energiya manbai, balki inson salomatligi va umr davomiyligini belgilovchi asosiy biologik jarayonlardan biri demakdir.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Berg, J. M., Tymoczko, J. L., & Gatto, G. J. (2019). Biochemistry. 9th Edition. W. H. Freeman and Company.

Nelson, D. L., & Cox, M. M. (2021). Lehninger Principles of Biochemistry. 8th Edition. W. H. Freeman and Company.

Voet, D., Voet, J. G., & Pratt, C. W. (2018). Fundamentals of Biochemistry: Life at the Molecular Level. Wiley.

Nicholls, D. G., & Ferguson, S. J. (2013). Bioenergetics. 4th Edition. Academic Press.

Sies, H. (2017). Oxidative Stress: Concept and Some Practical Aspects. Antioxidants, 6(2), 1–14.

Chance, B., Sies, H., & Boveris, A. (1979). Hydroperoxide metabolism in mammalian organs. Physiological Reviews, 59(3), 527–605.

Поляков, В. Ю. (2016). Биохимия человека. Москва: ГЭОТАР-Медиа.

Романов, В. И. (2020). Общая биохимия: учебник. Санкт-Петербург: СпецЛит.

Абдуллаев, А. М. (2015). Biokimyo. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.

Karimov, K. A., & Tojiboev, H. R. (2019). Biologik oksidlanish jarayonlari va ularning ahamiyati. O‘zbekiston Tibbiyot Jurnali, 3(2), 45–52.

Downloads

Published

2025-10-15