IMOM TERMIZIY “SUNAN” ASARINING MA’NAVIY-TA’LIMIY AHMIYATI: “ABASA” SURASI MISOLIDA.

Authors

  • Ahad Raymberdiyev O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi tayanch doktoranti Author

Keywords:

Abasa surasi, Qiyomat voqealari, Imom Termiziy, hadis tahlili, ma’naviy tarbiya, Qur’on va Sunnat, isnod, sahih va hasan hadislar, ijtimoiy adolat, shaxsiy mas’uliyat.

Abstract

Ushbu maqola Imom Abu Isa Muhammad ibn Isa Termiziyning “Sunan” asaridagi Abasa surasi va Qiyomat voqealariga oid hadislarini tahlil qiladi. Maqolada hadislarning arabcha matni, tarjimasi, sharh va izohlar orqali ularning ma’naviy, axloqiy, ilmiy va tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot insonlarning ijtimoiy tengligi, shaxsiy mas’uliyati, oxirat hayotiga tayyorgarligi hamda adolat va hurmat tamoyillarining hayotiy ifodasi kabi jihatlarni ochib beradi. Maqolada, shuningdek, Imom Termiziyning hadislarni to‘plash, isnod va matn tahlili metodikasi, Qur’on va Sunnat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, musulmonlarning ruhiy va ma’naviy rivojlanishidagi roli batafsil ko‘rsatilgan. Tadqiqot ilmiy va ta’limiy ahamiyatga ega bo‘lib, Abasa surasi voqealari va Qiyomat haqidagi hadislar asosida musulmonlarni iymon, sabr, adolat va hurmat ruhiyatiga undaydi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Anvarshoh Kashmiriy. Arfu shaziy sharhi Sunani Termiziy. – Lubnon: Darul turosul arabiy, 2004. – J. I.

Shamsiddin Muhammad Zahabiy. Kitob Tazkirat al-huffoz. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 1998.

Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahzib. – Bayrut: Muassasat ar-risola, 1996. – J. III.

Iso Muhammad at-Termiziy. Sunani Termiziy./ Tarjimon, sharh va izohlar muallifi: Mirzo Kenjabek. – T.: Sharq, 2010.

Ibn Hajar al-Asqaloniy. Tahzib at-tahziyb. Dorul fikr, 1984. J. 9.

Shamsuddin Zahabiy. Siyaru aʼlaamin nubala. – Bayrut, Muassasatur risala, 1993. J. 18. – B. 513;

Downloads

Published

2025-09-15