AUTSTAFFING TUSHUNCHASI VA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIDAGI AHAMIYATI

Authors

  • Sobirov Temur Mavlon o’g’li Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichi talabasi temursobirov3003@gmail.com Author

Keywords:

autstaffing, autsorsing, qabul qiluvchi tashkilot, yuborilgan xodim.

Abstract

Mazkur tezisda jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan o‘zgarishlar fonida xodimlarni boshqarishning innovatsion shakli — autstaffing tushunchasi yoritilgan. Autstaffing — bu xodimlarni xizmat ko‘rsatuvchi autstaffer kompaniya orqali vaqtinchalik boshqa tashkilotga yuborish shakli bo‘lib, unda yuridik javobgarlik autstaffer zimmasida, kundalik boshqaruv esa qabul qiluvchi tashkilot zimmasida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida ushbu mehnat munosabati shakli 2020-yildan boshlab qonunchilikda mustahkamlanib, 2024-yil 25-oktabrda Vazirlar Mahkamasining 706-sonli qarori orqali tartibga soluvchi normativ-huquqiy asoslar belgilandi. Shuningdek, tezisda autstaffing va autsorsing o‘rtasidagi asosiy farqlar, bu modelning afzalliklari hamda samarali qo‘llash holatlari tahlil qilinadi. Mazkur model mehnat bozorining moslashuvchanligini ta'minlab, zamonaviy biznes muhitida korxonalar va ishchilar manfaatlarini uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Словарь терминов по управлению персоналом: справочное издание / Болотин И.С., Кузьминский А.Е., Михайлов А.А., Пугач В.Ф., Сорокина Н.Д. и др. – М.: МАТИ, 2009. – 160 с.

https://www.kun.uz/news/2024/10/30/ozbekistonda-autstaffing-xizmatlarini-korsatish-tartibi-tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.10.2024 yildagi 706-son. Autstaffing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.

https://uznews.uz/posts/44152

Downloads

Published

2025-06-15