SPORT SHARTNOMALARIDA NEUSTOYKA QO‘LLASH ASOSLARI VA TARTIBI
Keywords:
neustoyka, sport kontrakti, jarima, penya, fuqarolik javobgarligi, FK 260–262, FIFA RSTP, barqarorlikAbstract
Mazkur tadqiqot professional sport shartnomalarida neustoyka institutining huquqiy tabiatini, uning shakllanish asoslari va qo‘llanilish tartibini ilmiy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Fuqarolik kodeksining 260–262-moddalariga muvofiq, neustoyka shartnoma shartlari buzilgan taqdirda qarzdor tomonidan kreditor foydasiga to‘lanadigan oldindan belgilangan pul majburiyatidir. Shu bilan birga, sport shartnomalarida neustoyka qo‘llashning milliy me’yoriy bazasi yetarli darajada tizimlashtirilmagan bo‘lib, amaliyotda umumiy qoidalar va sport federatsiyalari reglamentlari asosida amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot davomida FIFAning Status va Transfer reglamenti (RSTP) doirasida shartnomani asossiz buzganlik uchun nazarda tutilgan moliyaviy kompensatsiya va sport sanksiyalari tizimi o‘rganildi. Milliy huquqiy tartib va FIFA talablari o‘rtasidagi tafovutlar, shuningdek sud amaliyotida neustoykani hisoblash va uning miqdorini kamaytirish mezonlari tahlil qilindi.
Natijalar sport shartnomalarida neustoyka shartnomaviy intizomni ta’minlovchi samarali vosita ekanini tasdiqladi. Shu bilan birga, uni belgilash va qo‘llash mexanizmlarini milliy qonunchilikda yanada aniqlashtirish hamda FIFAning moliyaviy va sport-huquqiy choralarini milliy huquqiy amaliyot bilan uyg‘unlashtirish zarurligi asoslab berildi.
Tadqiqot xulosalari sport shartnomalarining huquqiy barqarorligini oshirish, shartlarni buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solish va sportchilar hamda klublar manfaatlarini himoya qilishning ilmiy asoslangan huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Downloads
References
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (2024-y. tahriri).
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun.
FIFA. Regulations on the Status and Transfer of Players. 2023-y.
FIFA. Football Agent Regulations. 2024-y.