SPORT SHARTNOMALARIDA NEUSTOYKA QO‘LLASHNING AHAMYATI

Authors

  • Bolliyev Nurmuhammad 1-bosqich magistratura talaba, Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, Toshkent, O‘zbekiston Email: bolnurmuhammad@yandex.com Tel:+998881761077 Author

Keywords:

neustoyka, sport shartnomasi, kompensatsiya, jarima, penya, shartnomaviy barqarorlik, CAS.

Abstract

Ushbu maqolada professional sport shartnomalarida neustoyka – majburiyat buzilganda oldindan belgilangan moliyaviy kompensatsiya – institutining huquqiy tabiati, milliy va xalqaro normativ asoslari hamda amaliy qo‘llanish tartibi chuqur tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun qoidalariga asoslanib, sport shartnomalarida neustoykaning shartnoma barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni o‘rganiladi. Shu bilan birga, maqolada FIFA RSTP 17-moddasi, UEFA, AFC reglamentlari va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (IOC) hujjatlari asosida xalqaro me’yoriy yondashuvlar taqqosiy tahlil qilinadi. Sport shartnomalarida “sportchi uchun maxsus rejim” bandlari, doping va intizomiy talablar, shuningdek, shartnoma shartlarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar va penya shaklidagi neustoyka mexanizmlarining aniq qo‘llanish tartibi yoritiladi. CAS (Sport arbitraj sudi) qarorlari asosida neustoyka shartlarini belgilash va amalga oshirishdagi amaliy muammolar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, milliy qonunchilik va xalqaro tajribani uyg‘unlashtirish zarurligi asoslab berilib, O‘zbekiston sport huquqini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun.

FIFA Regulations on the Status and Transfer of Players (RSTP), 17-modda.

UEFA Champions League Regulations, 78–85-moddalar.

AFC Champions League Elite Regulations, 37–38-moddalar.

Olimpiya Xartiyasi (Olympic Charter), 27-qoida va Bye-law 48–50.

CAS ish amaliyoti:

a) CAS 2008/A/1519 & 1520 (Matuzalem ishi).

b) CAS 2007/A/1298, 1299 & 1300 (Webster ishi).

c) CAS 2009/A/1644 (Mutu ishi).

Downloads

Published

2025-05-15