NEUSTOYKA VA UNING SPORT SHARTNOMALARIDA QO‘LLANISH TARTIBI
Keywords:
neustoyka, sport shartnomasi, FIFA Etika kodeksi, shartnomani buzish, kompensatsiya, sport sanksiyasi, CAS, axloqiy javobgarlik, jarima, penya, futbolchi, klub, fuqarolik javobgarligi.Abstract
Mazkur tadqiqot professional sport faoliyatida, ayniqsa futbolchilar va sport klublari o‘rtasidagi shartnomalarda neustoyka institutining huquqiy tabiatini, amaliy ahamiyatini va qo‘llanish tartibini o‘rganishga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 260–262-moddalari, FIFAning 2023-yildagi Etika kodeksi hamda Status va Transfer Reglamenti asosida shartnoma majburiyatlarining buzilishi, jumladan futbolchi tomonidan maxsus rejimga amal qilmaslik, shartnomani asossiz bekor qilish va axloqiy majburiyatlarni buzish holatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda FIFA Etika kodeksining 14, 16, 19 va 20-moddalarida belgilangan etik va professionallik talablari asosida sport shartnomalarida yuzaga keladigan shartnoma buzilishining huquqiy oqibatlari ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, FIFAning Status va Transfer Reglamentining 17-moddasida nazarda tutilgan moliyaviy kompensatsiyalar va sport sanksiyalarining qo‘llanishi milliy huquqiy amaliyot bilan qiyosiy tahlil qilingan. CAS (Sport arbitraj sudi) tomonidan shakllangan sud amaliyoti asosida sport shartnomalaridagi neustoyka bandlariga nisbatan xalqaro yondashuvlar yoritilgan. O‘zbekiston amaliyotida sport shartnomalarida neustoyka odatda umumiy iboralar bilan ifodalanadi, biroq uning miqdori, hisoblash usuli va to‘lash tartibi ko‘rsatilmagan. Bu esa neustoykaning samarali qo‘llanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, neustoyka sport shartnomalarida intizomni ta’minlovchi muhim vosita bo‘lishiga qaramay, uning normativ asoslari milliy qonunchilikda tizimli mustahkamlashga muhtoj.
Downloads
References
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (2024-y. tahriri)
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun
FIFA. Regulations on the Status and Transfer of Players, 2023
FIFA. Code of Ethics, 2023
FIFA. Football Agent Regulations, 2024
CAS arbitraj sudining amaliy qarorlari