ANTONIMIK TARJIMA XUSUSIYATLARI (INGLIZ-O‘ZBEK BADIIY MATNLARI TARJIMALARI MISOLIDA)
Keywords:
Bugungi kunda tarjima amaliyoti nafaqat matnni boshqa tilga o‘girish, balki uni mazmun, uslub va madaniy o‘ziga xosliklarni hisobga olgan holda moslashtirish jarayoni sifatida qaralmoqda.Abstract
Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnlarni tarjima qilishda antonimik yondashuvlarning o‘rnini ochib berishga qaratilgan. Antonimik tarjima — original matndagi ma’noni qarama-qarshi mazmunda ifodalash orqali yangi badiiy ta’sir hosil qilishning o‘ziga xos usulidir. Ushbu tezisning asosiy maqsadi bunday tarjima usulining stilistik imkoniyatlarini aniqlash va ularni badiiy ifoda vositasi sifatida yoritishdir. Tezis davomida ingliz va o‘zbek badiiy matnlarining tarjimalari tahlil qilinib, tarjimonlar tomonidan qo‘llanilgan antonimik metodlarning samaradorligi o‘rganiladi. Shu bilan birga, bu jarayonda yuzaga keladigan lingvistik va madaniy murakkabliklar ham ko‘rib chiqiladi. Ish natijalari antonimik tarjimaning tarjima jarayonidagi o‘ziga xos xususiyatlari va badiiy qiymatini ochib beradi.
Downloads
References
Bassnett, S. Translation Studies. Routledge, 2014. 23-27-betlar.
Karimov, N. “Badiiy tarjimada lingvistik yondashuvlarning o‘rni.” O‘zMU Ilmiy to‘plami, 2019, 34–42-betlar.
Safarov, D. “Ingliz-o‘zbek tarjimalarida stilistik masalalar.” Sharq Tarjimonlari Jurnali, 2021, 55–63-betlar.
To‘xtasinov, A. O‘zbek tilshunosligida tarjima muammolari. Toshkent: Universitet nashriyoti, 2018, 31-35-betlar.
G‘ulomov, N. O‘zbek va ingliz tillarida tarjimaning semantik muammolari. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021. 26-30-betlar.