ESTRADA XONANDALIGINING RIVOJLANISHI
Abstract
ispancha - taxtasupa), estrada sanʼati - 1) keng maʼnoda - koʻngilochar, ommabop badiiy (abadiy, musiqiy, raqs, tomoshaviy va boshqalar) janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor maʼnoda - sahnaviy professional sanʼat turi. Rossiya va boshqalar baʼzi mamlakatlarda estrada Angliyada myuzikxoll, Fransiyada varyete, kafeshantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan estrada yuritiladi. Estradaning kelib chiqishi xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻliq boʻlsada, u muayyan sanʼat turi sifatida 19-asrda Yevropa yirik shaharlarining demokratik ijtimoiymadaniy muhitida yuzaga kelgan. Estradaning asosiy shakli - maxsus joylarda, muntazam ravishda oʻtkaziladigan estrada konsertidir. U bir nechta artistning badiiy tugal, turfa mazmundagi kichik chiqishlaridan iborat boʻlib, ifoda vositalarining loʻnda va yorqinligi, oʻziga xosligi, ishtirokchilarning tomoshabin bilan bevosita muloqotda boʻlishi bilan ajralib turadi.