OTLARDAGI EGALIK KATEGORIYASI FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARINING QIYOSIY TADQIQI
Abstract
O’zbek tilida ma’lum bir narsaning uch shaxsdan biriga tegishliligini ifodalovchi umumiy ma’nolar va ularni ifoda qiluvchi shakllar sistemasi egalik kategoriyasi deyiladi. Tegishlilik ma’nosini chiqarishda foydalaniladigan qo’shimchalar esa egalik affikslari sanaladi. Bunda affikslar nafaqat egalikni, balki birlik yoki ko’plik kabi tushunchalarni ham ifodalab keladi. Misol uchun daftarim – daftarlarim. Biz farqlashimiz lozim bo’lgan joyi shuki, bu ko’plik va birlik narsaga (daftar) nisbatan emas, narsaning egasi yoki egalariga nisbatan ishlatiladi. Bu jarayon kelishik kategoriyasi va olmosh so’z turkumi bilan yanada aniqroq bo’ladi. Mening daftarim – birlik. Bizning daftarlar – ko’plik. Egalik affikslari bir shaxsga yoki ko’p sahxslarga tegishlilikdan tashqari otga qo’shilish jarayonida ham biroz farqlanadi. Bunda agar otning oxirgi harf unli harfi bilan tugab unga egalik affiksi qo’shiladigan bo’lsa:
Downloads
References
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva, M.Qurbonova, Z.Yunusova, M.Abuzalova. Hozirgi O’zbek adabiy tili. O’quv qo’llanma. – T., “Fan va texnologiya”, 2009. – 416 b.
Sh.Shoabdurahmonov, M.Asqarova, A.Xojiyev, I.Rasulov, X.Doniyorov. Hozirgi O’zbek adabiy tili I qism. – T., “O’qituvchi”, 1980. – 443 b.
N.Turniyozov, A. Rahimov, O’zbek tili. O’quv – uslubiy qo’llanma. - Samarqand. 2006. – 147 b
J. Buranov, U. Hashimov, H.Ismatullayev, Ingliz tili grammatikasi. O’quv qo’llanma. – T., “O’qituvchi nashriyoti”, 1974. – 351 b
J. Bo’ronov. Ingliz va O’zbek tillari qiyosiy grammatikasi. O’quv qo’llanma. – T., “O’qituvchi nashriyoti”, 1973. – 279 b