INDIVIDUAL TA’LIM YONDASHUVLARI ASOSIDA IQTIDORLI O‘QUVCHILARNING IJODIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYASI
Keywords:
individual yondashuv, iqtidorli o‘quvchi, ijodiy kompetensiya, kreativlik, innovatsion texnologiya, STEAM, loyiha metodi, individual ta’lim trajektoriyasi.Abstract
Ushbu maqolada individual ta’lim yondashuvlari asosida iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion texnologiya ishlab chiqilgan hamda uning samaradorligi kvazi-eksperimental tadqiqot asosida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotning metodologik qismi kreativ kompetensiyani kognitiv, motivatsion, ijodiy faoliyat va kommunikativ ko‘nikmalar orqali baholash mezonlariga tayangan. Tajriba jarayonida individual o‘quv trajektoriyalari, kreativ laboratoriyalar, loyiha asosida o‘qitish, STEAM integratsiyasi va interaktiv metodlar qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, mazkur texnologiya tajriba guruhi o‘quvchilarining kreativ kompetensiyasini 38–42 foizga oshirgan bo‘lib, ijodiy tafakkur, mustaqil qaror qabul qilish, g‘oya yaratish va kommunikativ faollik ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish kuzatildi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, taklif etilgan texnologiya iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda samarali metodik vosita bo‘lib, kreativ fikrlovchi, innovatsion g‘oyalarga ega shaxsni shakllantirishga xizmat qiladi.
Downloads
References
Guilford, J. P. (1967). The Nature of Human Intelligence. New York: McGraw-Hill.
Torrance, E. P. (1974). Torrance Tests of Creative Thinking. Scholastic Testing Service.
Gardner, H. (2011). Frames of Mind: The Theory of Multiple Intelligences. Basic Books.
Sternberg, R. J. (2003). Wisdom, Intelligence, and Creativity Synthesized. Cambridge University Press.
Tomlinson, C. (2017). How to Differentiate Instruction in Academically Diverse Classrooms. ASCD.
Azizxo‘jayeva, N. N. (2006). Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent: TDPU.
Yo‘ldoshev, J., & Hasanboeva, O. (2012). Pedagogik texnologiya asoslari. Toshkent: O‘qituvchi.
Raxmonov, R. (2020). Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent: Fan va texnologiya.