GRADUONIMIYA BILAN YONDOSH LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR
Keywords:
Leksik-semantik birliklar, sistemaviylik, paradigmatik munosabat, lisoniy darajalanish, graduonimiya, giponimiya, sinonimiya, funksionimiya, iyerarxionimiya.Abstract
Ma’lumki, leksik-semantik munosabatlar tizimini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish avvaldan mavjud bo‘lgan. Tilshunoslik borasida dastlabki ilmiy, nazariy yondashuvlarni olib borgan hududlar: qadimgi hind, yunon, arab tilshunoslik olamida umuman so‘zning mazmuni haqida, uning nomi bilan bog‘liqligi borasida munozaralar kechgan. Jumladan, qadimgi yunonlarda tilshunoslik dastlab faylasuflar tomonidan ochib berilgan. Shu boisdan tilshunoslikning falsafiy hamda grammatik davri amal qilgan. So‘z haqida umumiy qarash paydo bo‘lgach uning vazifalari, ma’nolari ko‘lami tilshunoslik jihatdan tadqiq etilib kelindi.
Tadqiqot ishimizga qaratilgan so‘z va uning ma’noviy munosabatlari ham o‘rganilishi kerak bo‘lgan ishlardir. So‘zlararo ma’noviy munosabatlarni o‘rganish dastlab sinonimiya hamda antonimiya doirasida o‘rganildi. Qolgan munosabat shakllari ikkita tomon (sinonimiya va antonimiya) doirasida tadqiq etildi. Fan haqidagi tasavvurlar, ilmlar boyib borishi bilan boshqa munosabat shakllarini ochiqlashga erishildi. Gipo-giperonimiya, iyerarxionimiya, funksionimiya, partonimiya, graduonimiya kabi munosabatlar shular jumlasidandir. Biz uchun tadqiq etilishi lozim bo‘lgan graduonimiya hodisasining boshqa yondosh hodisalar bilan munosabati, vazifasi, til doirasidagi ahamiyatli tomoni nimalarda ekanligini aniqlashdan iboratdir.
Ushbu maqolada tilshunoslik doirasida leksik-semantik munosabatlar haqida atroflicha fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, soʻzlararo ma’noviy munosabatlardan graduonimik munosabat haqida yoritilgan. Bu munosabatning boshqa yondosh hodisalar bilan oʻxshash hamda farqli tomonlari haqida nazariy fikr yuritilgan.
Downloads
References
Базаров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Филoл. фан. док. (DSc)...дисс. автореф. – Tошкент, 1997. – 51 б.
Орифжонова Ш., Ўзбек тилида луғавий градуонимия. Филол. фан. номз.. дисс. автореф. – Тошкент, 1996. – 28 б.
Сафарова Р., Лекск-семантик муносабатларнинг турлари. Қўлланма – Тошкент, Ўқитувчи, 1996. – 47 б.