BO‘Z-O‘TLOQI TUPROQLARINING MELIORATIV HOLATINI GAT TEXNOLOGIYASIDA O‘RGANISH (SIRDARYO VILOYATI BOYOVUT TUMANI MISOLIDA)
Keywords:
bo‘z-o‘tloqi tuproqlar, melioratsiya, GAT texnologiyasi, sho‘rlanish, Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, NDVI, QGIS, ArcGIS.Abstract
Ushbu maqolada Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tarqalgan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning meliorativ holati zamonaviy GAT (Geografik Axborot Tizimlari) texnologiyalari asosida tahlil qilindi. Tadqiqotda tuproq sho‘rlanishi, namlik taqsimoti, yer osti suvlari sathi va agrotexnik omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. GAT texnologiyalari yordamida tuproqning meliorativ ko‘rsatkichlari aniqlanib, sho‘rlanish darajasi bo‘yicha tematik xaritalar yaratildi. Tahlil natijalari asosida Boyovut tumanining ayrim maydonlarida drenaj tizimini qayta tiklash, sho‘rga chidamli ekinlar ekish va suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Downloads
References
Abdullaev A.A. “O‘zbekiston tuproqlari va ularning meliorativ holati”. – Toshkent: Fan, 2019.
Yusupov B.B., Ismoilov J.Sh. “Geoaxborot tizimlari asosida tuproq monitoringi”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.
Mirzaev M. va boshq. “Suv resurslarini boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalari”. – Toshkent, 2022.
FAO (2020). Land and Water Systems in Arid Regions: GIS Applications in Soil Salinity Mapping.
Sirdaryo viloyati melioratsiya boshqarmasi ma’lumotlari, 2024-yil hisobot.