RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TUZILADIGAN HAQ EVAZIGA XIZMAT KO‘RSATISH SHARTNOMALARINING XUSUSIYATLARI BO’YICHA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI
Keywords:
raqamli texnologiylar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish, ijrochi, buyurtmachi, UETA, E-SIGN, Rossiya Fuqarolik kodeksi, CHIMEI Corporation.Abstract
Mazkur tezis ishida qonunchilikdagi muammolarni aniqlash, qonunchilikni qay tartibda ishlayotganligini bilish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujatlarni zamon talabiga mosligi, muammolarni qay darajada qamrab olishini o‘rganish lozimligi chuquqr o’rganildi. Raqamli texnologiyalar yordamida haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalari orqali tomonlar o‘zaro majburiyatlar va huquqlarni aniqlashtiradilar, bu esa iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Huquqdagi bo‘shliqlarga aniq va to‘g‘ri yechim berishda, qonunchilikni takomillashtirishda muammolarni hal qilishda xorij tajribasining o‘rni beqiyosdir. Rivojlangan davlatlar qonunchilik tizimidan ko‘plab jihatlarni o‘rganish va milliy qonunchilikka tatbiq qilish yo‘llarini izlash lozim. Xorij tajribasini o‘rganish asnosida huquq va qonunchilik tizimi rivojlangan davlatlardan biri hisoblanadigan, AQSHning raqamli texnologiyalar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalari xususiyatlari masalasiga oid huquq hamda qonunchilik tizimlari tahlil qilindi. Tezis davomida AQSH, Rossiya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlar qonunchiligida raqamli texnologiylar yordamida tuziladigan haq evaziga xizmat ko’rsatish shartnomalarining har biriga xos bo‘lgan huquqiy xususiyatlar yoritiladi. Shuningdek, mazkur shartnomani tuzish, bajarish va bekor qilish tartiblari, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ham fikr yuritiladi. Tezis natijalari haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining huquqiy asoslarini chuqur anglash, uning zamonaviy talablar asosida rivojlanishiga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
Downloads
References
I. Normativ-huquqiy hujjatlar:
1. Rossiya Fuqarolik kodeksi
2. Civil Code of the People’s Republic of China (Adopted at the Third Session of the Thirteenth National People’s Congress on May 28, 2020)
3. Electronic signature law of the People's Republic of China.
V. Internet sahifalari: