KINOYANING YOZUVCHI USLUBIGA XOSLIGI
Keywords:
uslub, kinoya, ironist, qahramon, dramatik, teatr, xarakter, subyekt, obyekt, saviya, tushuncha, g‘oya.Abstract
Kinoya adabiyotning dastlabki davrlaridanoq inson tafakkuriga oddiy norozilik nutqidan ko‘ra kuchki ta’sir etuvchi ritorik vosita hisoblangan. Birinchi teatr tomoshalarining asosida ham kuchki kinoya bo‘lib bu xalqni qo‘zg‘atuvchi kuchga ega deb qaralgan. Kinoyaning umumiy ta’rifi bitta bo‘lishiga qaramay, uning yozuvchi uslubida bayon etilish shakli o‘ziga xos hisoblanadi. Yozuvchi asarida kinoya qilinayotgan mavzu millat yoki umuminsoniy xarakterga tegishli umumiy mavzu bo‘lganda ijodkor o‘z fikrini tushuntirish uchun voqeani biroz murakkablashtiradi va o‘quvchisidan e’tibor hamda uning darajasiga mos saviya talab qiladi. Kinoya orqali tanlagan obyekt maqtov va ma’qullash niqobi ostida masxaralash yoki haqoratlash, shu bilan fosh qilish va unga nisbatan norozilik bildirish mumkin. Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz kerakki, ironiya faqat subyektning obyektga munosabati orqaligina ochiqlanmaydi. Ba’zida o‘z-o‘ziga kinoya qilish ya’ni subyektning o‘zi o‘zini obyektga aylantirgan holda kinoyani ifodalashi mumkin. Mashhur turk yozuvchisi Aziz Nesin ijodida shunday, o‘z-o‘zini kinoya qilish, o‘zining tilidan o‘zini haqoratlash kabi talay misollar topishimiz mumkin.
Downloads
References
Adabiyot nazariyasi. I jilt. – T.: fan,1978
Boltaboyev H, Mahmudov M. Adabiy-estetik tafakkur tarixi. I jild. –T.: Mumtoz so‘z, 2013
Болтабоев Ҳ. Наср ва услуб. – T.: Фан, 1992
Balaban F. Aziz Nesin’in hikâyelerinde yapi ve tema. Yüksek lisans tezi. – Afyonkarahisar, 2006
Султон И. Адабиёт назарияси. – Т.: Ўқитувчи. 2005.
Nesin A. Böyle gelmış – böyle gitmez. – А.: Nesin yanıyevi, 2015
Nesin A. Ona tarbiyasi. – T.: Yoshlar matbuoti, 2023
htpp://www.ziyonet.uz
htpp://www.ziyouz.com