XIZMATLAR KO‘RSATISH SOHALARINING IQTISODIY SAMARORLIGI
Keywords:
xizmatlar ko‘rsatish sohasi, iqtisodiy samaradorlik, raqamli transformatsiya, investitsiyalar, innovatsiyalar, mehnat unumdorligi.Abstract
Xizmatlar ko‘rsatish sohasi zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, uning iqtisodiy samaradorligi mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada xizmatlar ko‘rsatish tarmog‘ining iqtisodiy samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Shu jumladan, xizmatlar sektori tarkibining diversifikatsiyasi, raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi, mehnat unumdorligining oshirilishi hamda investitsiyalarning jalb etilishi kabi jihatlar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, maqolada xizmatlar sohasining iqtisodiy samaradorligini baholash indikatorlari, xususan, yalpi ichki mahsulotga qo‘shadigan hissasi, bandlik darajasi va eksport salohiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xizmatlar sektorining rivojlanishi mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali samaradorlikni yanada oshirish mumkin.Xulosa sifatida, xizmatlar ko‘rsatish sohasining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun davlat siyosati, raqamli transformatsiya jarayonlari va investitsiya muhitini yaxshilash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Mazkur omillarni samarali boshqarish orqali xizmatlar sohasining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin.