FARG’ONA-TOSHKENT MAHALLIY USLUBINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISHIGA TA’SIR KO’RSATGAN IJTIMOIY-MADANIY OMILLAR

Authors

  • Husanboyeva Gulzoda Hasanboy qizi Namangan davlat pedagogika instituti Musiqa ta’limi va san’at yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Author

Keywords:

Musiqa, shashmaqom, ashulalar, milliy qo‘shiqlar, maqom, meros, mahalliy, xalq musiqasi, madaniy, mumtoz.

Abstract

Mazkur maqola O‘zbek xalq musiqasining tarixiy rivojlanish yo‘nalishlarini, uning shakllanishiga ta’sir qilgan omillarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda mahalliy musiqiy uslublarning kelib chiqishi, xalq turmushi, shahar va qishloq madaniyatining o‘zaro aloqalari hamda ijtimoiy-siyosiy voqealarning musiqiy merosga ta’siri keng yoritilgan. Farg‘ona-Toshkent hududida musiqaning rivojlanishiga oid qadimgi madaniy dalillar, xususan, Saymali tosh qoyatosh suratlari, o‘tmishdagi musiqiy cholg‘ular va ularning qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqolada VII-XVIII asrlardagi siyosiy davrlar, jumladan, arab xalifotining hukmronligi, Somoniylar, Qoraxoniylar va Temuriylar davri madaniyati, shuningdek, Shayboniylar va uch xonlik (Buxoro, Qo‘qon, Xiva) davrlarida musiqaning o‘ziga xos jihatlari ko‘rsatib berilgan.

Farg‘ona-Toshkent mahalliy uslubining murakkab shakli va ijro mahorati boshqa uslublardan farqli jihatlari sifatida ijtimoiy hayot erkinligi sharoitida shakllanganligi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqola Shashmaqom va Xorazm maqomlari kabi mumtoz musiqa janrlarining paydo bo‘lishi, ularga ta’sir qilgan tarixiy va madaniy muhitni tahlil etadi. Mahalliy musiqiy an’analar Farg‘ona va Toshkent vohalarida keng rivoj topgan xalq qo‘shiqlari, ayollar folklori, lapar, yalla kabi janrlar bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqola musiqiy merosni o‘rganish va uni kelajak avlodga yetkazishda katta ahamiyatga ega.

References

R.Yunusov “O’zbek xalq musiqa ijodi” T.,1992y 4-6 bet

N. Xalilova “O’zbek musiqa adabiyoti” Toshkent.: 2017. -107b.

Azizxodjaeva N.N.Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O’quv qo’llanma. - T.: TDPU, 2003.

Farg’ona davlat universiteti san’atshunoslik fakulteti “Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi Ulug’bek Rahmonov “O’zbek musiqa adabiyoti” fanidan o’quv qo’llanma. 2019y.

Muhabbat Solixova “An’anaviy xonandalik ansambli” – Toshkent – 2010.

Sultonali Mannopov “Navobaxsh oxanglar” Toshkent “IJOD-PRESS” 2018.

Soibjon Begmatov “Hofizlik san’ati” o’quv uslubiy qo’llanma -“Musiqa”nashriyoti – Toshkent – 2007.

Shokirkhanov, B. B., & Mahkamjanov, S. Q. O. (2021). The importance of the science of harmony in music practice. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 735-739.

Ibrohimov, A., & Maxkamjanov, S. (2023, February). OPERA SAN'ATINING VOKAL JANIRI. In Международная конференция академических наук (Vol. 2, No. 2, pp. 175-177).

Maxkamjanov, S., & Ibrohimov, A. (2023). NAY CHOLG’USI IJROCHILIK SAN’ATI TARIXI VA RIVOJLANISH JARAYONI. Инновационные исследования в науке, 2(2), 37-40.

Mukhamedovich, R. D. (2022). CULTURE AND ART IS THE EMBODIMENT OF NATIONAL VALUES. Conferencea, 97-102.

Gaziyev, J. J. (2021). STYLISTIC FEATURES OF THE WORK OF FRANZ JOSEPH HAYDN. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 215-217).

JURAKHONOVICH, G. J., & KARIMBERDIEVICH, R. K. Renewing the System of the Country and the Role and Significance of Art and Culture in Today's New Level of Modernization in Our Life. JournalNX, 6(05), 7-9

Downloads

Published

2024-12-30