O’ZBEK XALQ SHOIRASI ZULFIYA IJODINING LINGVOPOETIK TAHLILI XUSUSIDA

Authors

  • Sodiqova Dilafruz Azimjon qizi, TDSHU, Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi o’qituvchisi Author

Keywords:

lingvopoetik tahlil, jonlantirish, sinestetik metafora, neologism, antonimiya, sinonimiya

Abstract

XX- asr o’zbek adabiy muhitida ayollar she’riyatining tutgan o’rni beqiyos. Ayniqsa, mashhur shoira, noshir va tarjimon, o’zbek xalqining suyukli qizi Zulfiyaxonim ijodini o’rganish, she’rlarini lingvopoetik tahlilga tortish orqali o’sha davr ijodiy muhitini, o’zbek tili va uning nutqiy ifodalanish imkoniyatlarini, shoiraning estetik jihatdan qo’llagan barcha til vositalari, ijodkor individual uslubi va badiiy tafakkurini ochib berish bilan birga, XX-asrda yurtimiz ayollarining orzu- maqsadlari, muammoyu tashvishlari, botiniy dunyolarini tom ma’noda asl bo’yoqlar bilan qayta aks ettirgan bo’lamiz. Shu kungacha Zulfiya ijodi bo’yicha ko’p asarlar, ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bulardan eng yirigi S.Karimoving “Zulfiya asarlari lingvostilistikasi” nomli monografiyasi desak mubolag’a bo’lmaydi. Biroq Zulfiya serqirra ijodkor, she’rlarining ohangi o’ziga xos, tafakkur va tasavvur dunyosi keng shoira.  Shuning uchun ham uning ijodini lingvopoetik jihatdan chuqur tahlil qilish, noyob qirralarini kashf etish oldimizda turgan dolzarb vazifadir.

Ushbu maqolada shoiraning “tabiat” haqidagi she’rlari lingvopoetik tahlilga tortilgan, stilistik xususiyatlari  bayon etilgan. Ijodkor she’rlarida qo’llanilgan konnotativ ma’noni ifodalab kelgan til vositalarining xususiyatlari, badiiy san’atlar, ritorik so’roqlar, ko’chimlar va antonimiya, sinonimiya kabi turli til hodisalari tahlil qilinib, ijodidagi ayrim badiiy obrazlar atroflicha yoritilgan.

References

Asarlar : [3 jildlik] / Zulfiya. – Adabiyot va san’at nashr. – 416 b. 1986 yil.

Йўлдошев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадқиқи. ДД. – Т., 2009.

Каримов С. Зулфия асарлари лингвостилистикаси. Монография.– Самарқанд: СамДУ нашри, 2006.

Qayumov A. Shoira Zulfiya. Hayoti va ijodi haqida ocherk. O'zadabiynashr, Toshkent, 1975.

Султанова м., Зульфия, Ташкент, 1985; Ибрагимов М., Создатель солнечной поэзии, Ташкент, 1986.

Saylanma / Zulfiya. – Toshkent : Sharq nashr. – 272 b.

https://tafakkur.net/zulfiya.

kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/xotiram-siniqlari-zulfiya.html

https://adiblar.gitbook.io/adiblar/zulfiya-isroilova

Downloads

Published

2024-11-01