O‘ZBEKISTONDA NIZOLARNI MUQOBIL (SUDDAN TASHQARI) VA SUDGACHA HAL QILISHNING SAMARALI MEXANIZMLARINI JORIY ETILISHI
Abstract
Ushbu tezis O‘zbekistonda nizolarni muqobil (suddan tashqari) va sudgacha hal etishning samarali mexanizmlarini joriy etish masalasiga bag‘ishlangan. Unda muqobil nizolarni hal qilish institutlarining — hakamlik sudlari, mediasiya va yarashuv mexanizmlarining huquqiy asoslari, ularning afzalliklari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Tezisda bu tizimlarning joriy etilishi sudlarning yuklamasini kamaytirish, taraflar o‘rtasidagi kelishuv va hamkorlikni saqlab qolish, shuningdek, adolatli va tezkor yechimlarga erishish imkonini berishi yoritilgan. Shuningdek, muallif O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, investitsiyaviy muhitni yaxshilash va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish jarayonida muqobil nizolarni hal etish mexanizmlarining o‘rni va istiqbollarini ham tahlil etadi. Mazkur tezisda nizolarni hal etishning zamonaviy, samarali va insonparvar yondashuvlarini targ‘ib etishga qaratilgan bo‘lib, huquqshunoslar, tadqiqotchilar hamda amaliyotchilar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini rivojlantirish” to‘g‘risidagi farmoni.
2019-yil 1-martdagi "Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmon.
2020-yil 5-yanvardagi “Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror.
2022-yil 8-fevraldagi “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”.
O‘zbekiston Respublikasining "Hakamlik sudlari to‘g‘risida"gi qonun (2006-yil).
1958-yildagi Nyu-York konvensiyasi — Xalqaro arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish bo‘yicha xalqaro yuridik kelishuv.
Oliy sud statistikasi, hakamlik sudlari qarorlarining ijro etilishi va bekor qilinishi haqida ma'lumotlar.