SHAXS EMOTSIONAL INTELLEKTINING QAROR QABUL QILISHIGA TA’SIRI

Authors
  • Axmadjonova Shaxruza Jahongir qizi

    O’zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar universiteti amaliy psixologiya yo’nalishi 3 bosqich talabasi
    Author
Keywords:
Emotsional intellekt, Qaror qabul qilish, o‘z-o‘zini anglash, hissiyotlarni boshqarish, empatiya, ijtimoiy ko’nikmalar.
Abstract

Ushbu tadqiqot emotsional intellekt va mustaqil qaror qabul qilish o‘rtasidagi bog‘liqlikni universitet talabalari misolida o‘rganadi. Tadqiqot korrelyatsion yondashuv asosida tashkil qilinib, N.Xolning “ Emotsional intellektni diagnostika qilish” metodikasi va Qaror qabul qilish uslublari so‘rovnomasi orqali o‘lchovlar amalga oshirildi. 50 nafar ishtirokchidan olingan ma’lumotlar korelatsion va regressiya tahlillari yordamida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Emotsional intellekt va Qaror qabul qilish o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjud bo‘lib, ayniqsa, o‘z hissiyotlarini anglash va boshqarish komponentlari mustaqil qaror qabul qilishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu natijalar ta’lim va tashkilot sohalari uchun muhim amaliy ahamiyatga ega.

Downloads
Download data is not yet available.
Cover Image
Downloads
Published
2025-06-30
Section
Articles