ISLOM HUQUQIDA BITIMLARNI RASMIYLASHTIRISH VA BEKOR QILISH QOIDALARI
Keywords:
Islom huquqi, bitimlar, rasmiylashtirish qoidalari, bitimni bekor qilish, huquqiy mexanizmlar, bitimlar instituti.Abstract
Ushbu maqola islom huquqida bitimlarni tuzish, ularni rasmiylashtirish va bekor qilishga oid qoidalarni huquqiy tahlil qiladi. Islom huquqining asosiy manbalari bo‘lgan Qur’on va Hadislarda bitimlar institutining asosiy tamoyillari o‘z aksini topgan bo‘lib, ularning qo‘llanilishi va talqinida sahobalarning ijtihodlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda bitimlarni tuzish jarayonining huquqiy asoslari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda rasmiylashtirishning zarur talablari batafsil o‘rganiladi.
Bitimlarni bekor qilish qoidalari esa alohida tahlil qilinib, qaysi shart-sharoitlarda bitim bekor qilinishi mumkinligi, tomonlarning roziligi va bitim shartlariga rioya qilmaslik holatlari kabi masalalar yoritiladi. Mazkur tadqiqot islom huquqida bitimlar tuzish va bekor qilish jarayonlarining zamonaviy huquqiy tizimlar bilan o‘xshashligi hamda tafovutlarini ko‘rsatish orqali ularning nazariy va amaliy ahamiyatini yoritib beradi.