HAQ EVAZIGA XIZMAT KO’RSATISH SHARTNOMASI TUSHUNCHASI, TURLARI VA MOHIYATI
Keywords:
haq evaziga xizmat ko’rsatish, ijrochi, buyurtmachi, ijrochining javobgarligi, haq evaziga xizmat ko’rsatish turlari.Abstract
Mazkur tezis ishida fuqarolik huquqi doirasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tushunchasi, uning turlari va huquqiy mohiyati chuqur o‘rganiladi. Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi fuqarolik aylanmasining ajralmas qismi bo‘lib, unda bir tomon (ijrochi) ikkinchi tomonga (buyurtmachi) muayyan xizmatni ko‘rsatadi va buning evaziga haq oladi. Bu shartnoma orqali tomonlar o‘zaro majburiyatlar va huquqlarni aniqlashtiradilar, bu esa iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Ishda, avvalo, ushbu shartnoma turi umumiy fuqarolik-huquqiy shartnomalar tizimidagi o‘rni, uning boshqa shartnoma turlaridan farqli jihatlari va umumiy belgilariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi normalariga tayanilgan holda haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining asosiy tarkibiy qismlari – predmeti, tomonlari, ularning huquq va majburiyatlari, javobgarlik masalalari tahlil qilinadi. Tezis davomida haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining quyidagi asosiy turlari – tibbiy xizmat ko‘rsatish, transport xizmatlari, maslahat xizmatlari, axborot texnologiyalari xizmatlari kabi ko‘rinishlari o‘rganilib, ularning har biriga xos bo‘lgan huquqiy xususiyatlar yoritiladi. Shuningdek, mazkur shartnomani tuzish, bajarish va bekor qilish tartiblari, amaliyotda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ham fikr yuritiladi. Tezis natijalari haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasining huquqiy asoslarini chuqur anglash, uning zamonaviy talablar asosida rivojlanishiga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
Downloads
References
I. Normativ-huquqiy hujjatlar:
1. 29.08.1996. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sudlov hay’atining qarori, 26.09.2016 yildagi 19-1603/6480-son
3. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksiga sharh: Professional sharhlar. T 2./O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. — Toshkent: Baktria press, 2013. 912 b.
V. Internet sahifalari:
1. www.lex.uz
2. https://tertu.uz/uz/blog/okimlik-yangiliklari/1961
3. https://universalpublishings.com/index.php/itfttdm/article/download/5554/10990/5876