RESPUBLIKADA SHAXSNING OʻZINI OʻZI BAND QILISHI HAMDA ISHSIZLIK DARAJASIDAGI OʻZGARISHLAR TAHLILI
Keywords:
shaxs iqtisodiy xavfsizligi, ishsizlik, o‘zini o‘zi band qilish. Ijtimoiy himoya, menhat bozoriAbstract
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida shaxsning oʻzini oʻzi band qilishi holati va ishsizlik darajasidagi oʻzgarishlar tahlil qilingan. Unda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan mehnat bozorini liberallashtirish, norasmiy bandlikni huquqiy jihatdan tan olish, shuningdek, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni rasmiy mehnat munosabatlariga jalb etish borasidagi islohotlar yoritilgan. Tahlil jarayonida statistika ma’lumotlari asosida ishsizlik darajasining yillik oʻzgarish dinamikasi, oʻzini oʻzi band qilganlar sonining ortishi va ularning iqtisodiy faollikdagi oʻrni koʻrib chiqilgan. Shu bilan birga, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning huquqiy maqomi, ijtimoiy himoyasi va ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar oʻrganilgan. Ish yakunida esa, Oʻzbekistonda mehnat bozori barqarorligini taʼminlash hamda ishsizlik darajasini kamaytirishda oʻzini oʻzi band qilishning roli va istiqbollari boʻyicha xulosalar va takliflar ilgari surilgan.
Downloads
References
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.12.2020 yildagi 806-son.
“Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” Prezident Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasi //https://uza.uz/oz/politics/bilimli-avlod-buyuk-kelazhakning-tadbirkor-khal-farovon-ayet-08-12-2018
http:// stat.uz.