MODIFIKATSIYALANGAN AUDITORLIK HISOBOTLARI VA XULOSALARINING TUZILISH TARTIBLARI
Keywords:
Bugungi kunda mamlakatimizda auditorlik faoliyatining mustahkam normativ-huquqiy bazasi va o’ziga xos milliy auditorlik xizmatlari bozori shakllantirildi, uni rivojlantirish uchun ta’sirchan iqtisodiy omillar hamda soliq imtiyozlari qo’llanilmoqda, auditorlik faoliyatini litsenziyalash tizimi jiddiy ravishda soddalashtirildi hamda erkinlashtirildi.Abstract
Mazkur maqolada O’zbekiston amaliyotidaauditorlik tekshiruvini o’tkazishni takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan bo’lib, uning kirish qismida Respublikada auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va o’tkazish, mazkur sohada tadqiqot olib borish dolzarbligining mohiyati ochib berilgan. Bunda, maqola mavzusi bo’yicha tadqiqot olib borgan har bir iqtisodchi olimning g’oyalari aks ettirilgan manbalar batafsil aks ettirilgan.Shuningdek, maqola mazmunini yoritishda qanday tadqiqot metodlari qo’llanilganligi, mavzu bo’yicha tahlil etilgan ko’rsatkichlar va erishilgan ilmiy natijalar asosida qabul qilinishi mumkin bo’lgan qarorlar mohiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi pog’onalari tarkibi, auditorlik tekshiruvilarini sifatli amalga oshirilishini ta’minlovchi bosqichlar mazmuni,auditorlik tekshiruvida ishtirok etuvchi auditorlik guruhining namunaviy tarkibi va harbir tekshiruv a’zosining bajaradigan vazifalari, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish va o’tkazishning uslubiy asoslari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvini sifatli amalga oshirilishini ta’minlovchi muallif tomonidan tavsiya etilgan bosqichlar va ularda bajariladigan amallar tavsifi muallif ilmiy izlanishlari asosida bayon etilgan. Maqola muallifi o’tkazilgan tadqiqot natijalari asosida O’zbekistonauditorlik amaliyotida auditorlik tekshiruvlarini rejalashtirish, o’tkazish va tekshiruv natijalarini umumlashtirish jarayonida o’z echimini kutayotgan qator muammolar mazmunini tavsiflab, ularni ijobiy hal etish yuzasidan amaliy tavsiyalar shakllantirgan. Maqola yakunida tadqiqotchi tomonidan mavzu doirasida ilmiy va amaliy xulosalar umumlashtirilib, tegishli tavsiyalar berilgan. Maqolaning shakl va mazmunini shakllantirishda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati o’rnatilgan tartib asosida aks ettirilgan.
Downloads
References
O’zbekistonda auditorlik tekshiruvini o’tkazish amaliyotini takomillashtirish masalalari. Meliev Isroil: Scientific Journal of “International Finance & Accounting” Issue 4, August 2022. ISSN: 2181-1016
Dusmuratov R.D. Auditorlik faoliyati: nazariya, uslubiyot va amaliyot: monografiya. – T.: Moliya nashriyoti, 2007. – 276 b.;
Karimov N.F. Tijorat banklarida ichki audit: Monografiya. – T.: O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti, 2006. – 262 b.;
Hamdamov B.K. O’zbekiston iqtisodiyotining hisob va hisobot tizimida auditorlik nazoratini rivojlantirishning uslubiy asoslari: i.f.d. ilmiy darajasini olish uchun dis. avtoref. – T.: 2007. – 260 b;
Internet saytlari:
https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/auditorlik_hisobotlari_va_hulosalari_qanday_tuziladi
https://lex.uz/docs/-3074773| O‘zbekiston respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son afms) “moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”ni tasdiqlash to‘g‘risida