O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA (JST) A’ZOLIK JARAYONI VA UNING TASHQI SAVDO BALANSI HAMDA EKSPORT TARKIBIGA TA’SIRI

Authors

  • Voxidova Mehri Xasanovna Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashqi iqtisodiy faoliyat kafedrasi mudiri, PhD., dotsent. mvohidova241@gmail.com +998936617246 Author
  • Ro‘ziqulov Uchqun Hamroqul o‘g‘li Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti, uchqunruziku10v@gmail.com +998995004334 Author

Keywords:

Jahon savdo tashkiloti (JST), JSTga a’zolik jarayoni, a’zolik muzokaralari, savdo siyosatini liberallashtirish, bozor iqtisodiyoti tamoyillari, tashqi savdo siyosati, eksport-import rejimi, savdo to‘siqlari (tarif va notarif), milliy qonunchilikni moslashtirish, tashqi savdo balansi.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zolik jarayoni va uning tashqi savdo balansi hamda eksport tarkibiga ta’siri tahlil qilinadi. JST — xalqaro savdo tartiblarini belgilovchi va erkin savdo siyosatini rag‘batlantiruvchi asosiy global institut sifatida milliy iqtisodiyotlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi mamlakat eksport salohiyatini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Maqolada 2014–2024-yillar oralig‘ida tashqi savdo balansi dinamikasi, eksport-import tarkibidagi o‘zgarishlar hamda JST talablariga mos iqtisodiy islohotlar o‘rganilgan. Jahon banki, JST, IMF va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayangan holda JST a’zoligidan kutilayotgan asosiy iqtisodiy natijalar tahlil qilingan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Jahon savdo tashkiloti (World Trade Organization). (2024). Trade Policy Review: Uzbekistan – Integration and Reforms toward WTO Accession. Geneva: WTO Publications. https://www.wto.org

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2025). Tashqi savdo aylanmasi to‘g‘risida ma’lumotlar (2024–2025-yillar uchun). Toshkent. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/tashqi-iqtisodiy-faoliyat

Jahon banki (World Bank). (2025). Uzbekistan Trade and Competitiveness Report 2025. Washington, D.C. https://data.worldbank.org/country/uzbekistan

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF). (2024). Republic of Uzbekistan: 2024 Article IV Consultation Report. Washington, D.C.: IMF Country Reports No. 24/211. https://www.imf.org/en/Countries/UZB

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. (2025). 2024-yil yakunlari bo‘yicha tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili. Toshkent. https://miit.uz/

UNCTAD (United Nations Conference on Trade and Development). (2024). World Investment Report 2024: Investment in the Digital Economy. Geneva: United Nations. https://unctad.org/wir2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-martdagi PQ–141-son qarori. “Jahon savdo tashkilotiga a’zolik jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.” Toshkent: Lex.uz. https://lex.uz/docs/7045120

Downloads

Published

2025-10-21