UXK PAXTA TOZALASH MASHINASIDA YANGI POLIMER-KOMPOZITSION KOLOSNIKLI PANJARANING SINOVDAN OʻTKAZISH
Keywords:
polimer-kompozitsion material, kolosnikli panjara, paxta tozalash mashinasi, aerodinamik oʻtkazuvchanlik, energiya tejamkorlik, aşinishga bardoshlilik, ishlab chiqarish samaradorligi.Abstract
Ushbu maqolada UXK turidagi paxta tozalash mashinasida yangi polimer-kompozitsion material asosida ishlab chiqilgan kolosnikli panjara namunasi sinovdan oʻtkazildi. Tadqiqotning maqsadi — anʼanaviy metall kolosniklarning oʻrniga yengil, aşinishga bardoshli va tebranishlarga barqaror yangi avlod kompozitsion panjaralarni ishlab chiqish hamda ularning texnologik samaradorligini baholashdan iborat.
Tajriba jarayonida uch xil turdagi kolosniklar deformatsiyaga bardoshlilik, aerodinamik oʻtkazuvchanlik, chigitli paxta tarkibidagi yirik chiqindilarni ajratish koeffitsienti va energiya sarfi boʻyicha solishtirildi. Olingan natijalarga koʻra, polimer-kompozitsion panjaralar metall analoglarga nisbatan 22–25% yengil, ishqalanishga chidamliligi 1,8 baravar yuqori, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida tebranish samaradorligi 30% gacha ortadi.
Yangi panjaralar qoʻllanilishi natijasida paxta tozalash mashinasining umumiy ish unumdorligi oshadi, energiya sarfi kamayadi va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari qisqaradi. Sinov natijalari ishlab chiqarish liniyalarida polimer-kompozitsion elementlardan foydalanish texnik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Downloads
References
Муродов, О. Ж., & Ражабов, О. И. Результаты экспериментального исследования нагруженности и характера колебаний многогранной сетки на упругих опорах очистителя хлопка/Учредители: Ивановский государственный политехнический университет. Известия высших учебных заведений, 5(395), 191-197.
Муродов, О. Ж. (2021). Снижение повреждаемости семян в сепараторе хлопка-сырца. Технологии и качество, 3(53), 48.
Муродов, О. Ж., Рудовский, П. Н., & Корабельников, А. Р. (2022). ОБОСНОВАНИЕ ПАРАМЕТРОВ И КОНЕЧНО-ЭЛЕМЕНТНОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ДВИЖЕНИЯ ХЛОПКОВОЗДУШНОЙ СМЕСИ В СЕПАРАТОРЕ ХЛОПКА SUBSTANTIATION OF PARAMETERS AND FINITE ELEMENT MODELING OF HIE MOVEMENT OF A COTTON-AIR MIXTURE IN A COTTON SEPARATOR. Известия высших учебных заведений. Технология текстильной промышленности, (1 (397)), 266.